08:26 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dollarы SSHA

Toshkentlik tergovchi turkiyalik investorni 47 ming dollarga chuv tushirdi

© pixabay
Hodisalar
Havola olish
68810

Surishtiruv ishlari davomida tergovchi Aliyev xorijlik investor Bozkurtning jami 47 ming 300 dollari miqdoridagi pulini shilib olgan. Lekin kamomadni keltirib chiqargan aybdorlarni topib bera olmagan.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Toshkentlik tergovchi turkiyalik investorni 47 ming 300 dollarga chuv tushirdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil avgust oyida Turkiya fuqarosi Osmon Bozkurtga tegishli "Serbo Textile" masʼuliyati cheklangan jamiyatida 129 tonna tayyor trikotaj mahsuloti kamomadi aniqlangan va dastlabki surishtiruvlarda bu mahsulotlar talon-toroj qilingani maʼlum boʻlgan. Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organga berilgan ariza tufayli ushbu holat yuzasidan  Mirzo Ulugʻbek tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi. Jinoyat ishi tuman prokuraturasi katta tergovchisi Valijon Aliyevga (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) topshiriladi.

Tergov ishlari davomida Aliyev xorijlik investor Bozkurtning jami 47 ming 300 dollari miqdoridagi pulini shilib olgan. Lekin kamomadni keltirib chiqargan aybdorlarni topib bera olmagan.

Aldanganini tushungan jabrlanuvchi esa oxir-oqibat huquq-tartibot organiga murojaat qilgan.

Tergovchi Aliyevga sodir qilgan jinoyati uchun 15 yil qamoq jazosi tayinlangan.

Asosiy mavzular