19:21 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Toshkent IIB xodimlari

Besh yuzdan ortiq Moldova fuqarolari Oʻzbekistondan chiqarib yuborildi

Press-slujba GUVD Tashkenta
Hodisalar
Havola olish
184011

Bir qator qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan 500ga yaqin Moldova fuqarolari Oʻzbekistondan chiqarib yuborildi.

TASHKENT, 11 maya — Sputnik. Oʻzbekiston huquqni saqlash organlari 500 nafarga yaqin moldovalik idish-tovoq sotuvchilarni Oʻzbekistondan chiqarib yubordi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

IIBB xabariga koʻra, 2015 - 2018 yillar orasida Toshkentda aholi tomonidan Moldovadan kelgan va oʻzini tadbirkor deb tanishtirgan fuqarolar ustidan koʻplab arizalar kelib tushgan. Firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlari aniqlangani tufayli oʻnlab jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.

"Bundan tashqari chet el fuqarolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzilganligi bilan bogʻliq faktlar boʻyicha yuzdan ortiq maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, 500 ga yaqin Moldova fuqarolari respublikamizdan chiqarib yuborilganlar. Soliq organlari xodimlari Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazgan tadbirlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi buzilganligi boʻyicha yuzdan ortiq faktlar aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu yilning bahorida Toshkent shahrida qariyalar va va yosh onalarga ayrim mahsulotlarni qimmatbaho xorijiy tovar sifatida 3-4 barobar qimmat sotayotgan Moldova fuqarolari ustildan  koʻplab arizalar kelib tushgan.

Keyinchalik aniqlanishiga koʻra, ushbu “qimmatbaho tovarlar” aslida “Bek Baraka”, “Chilonzor buyum bozori” yoki “Toshkent savdo markazida” sotib olingan oddiy mahsulotlar boʻlgan.  

IIBB oʻz navbatida, aholi orasida tushuntirish ishlari olib borgan, fuqarolarni qoʻlda sotilayotgan idish-tovoq, kosmetika va choyshablarni sotib olishga shoshilmaslikka chaqirgan.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida, keyingi vaqtlarda bozorga borishi imkoni boʻlmagan qariyalar va yosh onalarni aldayotgan “moldovalik tadbirkorlar” Toshkent shahrida koʻrinmay qolgan.

Asosiy mavzular