Samarqandda yuk mashinasi “tez yordam”ni urib yubordi

© MinzdravDTP v Samarkande
DTP v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH oqibatida tez tibbiy yordam brigadasining 3 nafar xodimi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Kecha 12-may kuni erta tong soat 04:05 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan o‘tgan M-37, Toshkent-Nukus yo‘lining 120-kilometrida MAN yuk avtomashinasi “Damas” rusumli tez yordam avtomashinasini urib yubordi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Semero chelovek pogibli v avarii na trasse Aktau-Beyneu - Sputnik O‘zbekiston
Olma-Ota - Toshkent trassasida YTH sodir bo‘ldi, 11 qurbon bor

Tez yordam mashinasi yo‘lning qaytib olish qismidan qayrilib olayotgan vaqtda “MAN” yuk avtomashinasi kelib urilishi natijasida 3 nafar tez yordam xodimi: 1965-yilda tug‘ilgan shifokor I.A., 1986-yilda tug‘ilgan feldsher O.D., hamda 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi E.U. og‘ir tan jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlar Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, shifokor nazoratiga olingan.

Shu o‘rinda, tez yordam, o‘t o‘chiruvchi, xuquqni saqlash organlari va boshqa tezkor xizmatlar avtomobillari o‘zlarining mayoq va tovushli sirenalarini yoqib harakatlanganda haydovchilar ularga yo‘l berishlari kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Ikkinchidan esa, ushbu avtomobillar haydovchilari, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari ularni ko‘rib, yo‘l berganligiga ishonch hosil qilganidan keyin (!!) chorrrahani yoki yo‘lning boshqa havfli bo‘lagini kesib o‘tishlari kerakligi - yo‘l-harakati qoidalarida qayd etilganini aytib o‘tish joizdir.

© MinzdravDTP v Samarkande
Samarqandda yuk mashinasi “tez yordam”ni urib yubordi - Sputnik O‘zbekiston
DTP v Samarkande
Yangiliklar lentasi
0