15:08 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Urojay xlopchatnika

Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9080992
Hodisalar
Havola olish
480 0 0

Chet ellik fuqaroga qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Toshkent viloyatida Moldova fuqarosi paxta ekin dalasini payhon qildi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining maʼlum qilishicha, Yuqorichirchiq tumanida 13 may kuni Moldova Respublikasi fuqarosi 31 yoshli K.V. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasida nomaʼlum ayol bilan “Nizomiddin Anro-omad” fermer xoʻjaligi paxta ekin dalasiga kirgan.

“Paxta ekin dalasining 0.1ga maydonini avtomashinada payxon qilib, moddiy zarar yetkazgan”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, K.V.ga qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar sudga yuborilgan.   

Asosiy mavzular