Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi vahshiylarcha o‘ldirildi – Bosh prokuratura

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida fermer xo‘jaligi ishchisi, uning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar o‘g‘illarining murdalari qotillik alomatlari bilan topilgan.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida  bir oilaning 5 nafar a’zosi o‘ldirilib, ularning jasadi mashina ichiga tashlab ketilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha,  15.05.2019 yil soat 13:00 larda Qo‘shrabot tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan “Damas” rusumli avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi, uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi va 3 nafar o‘g‘illari larning murdalari, har birining bosh va yuz sohalarida og‘ir tan jarohatlari, ya’ni qotillik alomatlari bilan topilgan.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Rashk ortidan qotillik: Xorazmda jinoyatchi qo‘lga olindi

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Bosh prokuratura O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari tun-u kun amalga oshirilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0