22:22 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
FSB Rossii presekla deyatelnost gruppы lits, prichastnыx k finansirovaniyu terrorizma

Moskvada “ID” terrorchilari bank kartalariga pul joʻnatgan kishi ushlandi

FSB RF
Hodisalar
Havola olish
42310

Moskvada “Islom davlati” uchun pul yiqqan kishi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 16 may – Sputnik. Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terrorchilarga pul joʻnatgan kishini qoʻlga oldi. U 2015 yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul oʻtkazib bergan.

Qoʻlga olingan shaxs – Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tugʻilgan.

Tergov ishida maʼlum boʻlishicha, Guyev moddiy yordam bergan jangarilar “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXXga koʻra, Guyev “Muxajirun” islom jamgʻarmasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga pul joʻnatgan. Bu shaxs terrorizm uchun qidiruvga berilgan.

Pullar xorijda naqdlashtirilib, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan.

Hozircha ushlangan shaxs pullarni qayerdan olgani nomaʼlum.

Guyevning uyida tintuv vaqtida ekstremistik adabiyotlar, koʻplab bank kartalari va “ID” boshliqlarining yoʻqnomalari yozilgan mobil telefonlar topilgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular