06:56 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

IIV Andijonda gullarni sugʻorayotib halok boʻlgan ayollar hodisasiga munosabat eʼlon qildi

DRIVERS.UZ / telegram
Hodisalar
Havola olish
83610

Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 17 may - Sputnik. Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi "Prezident kelishiga ekilgan gullarni sugʻorishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok boʻldi" sarlavhasi bilan tarqatilgan maʼlumot yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan xabarlarni oʻrganib chiqgan.

Maʼlum boʻlishicha 16 may kuni ertalab Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro "Cobalt" rusumli avtomashinani Asaka tumanidan oʻtgan "Shahrixon-Andijon" yoʻlida charchoq taʼsirida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetiga chiqib ketgan. Natijada yoʻl chetida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari O.P., F.T. va Z.U. ismli ayollarni urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida, ikki ayol koʻrsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramay kasalxonada vafot etganlar.

Uchinchi ayol chap tizza qismi, oʻng son sohasida va chap qoʻl sohasida shilinma jarohatlari boʻlgani uchun hozirda kasalxonada. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi "yoʻl-transport hodisasini sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan" degan jumla ham haqiqatga mos kelmasligi aytilmoqda.  Maʼlum boʻlishicha, hodisa joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhiga haydovchi A.S. yoʻl transport hodisasini sodir etganligini aytgan va ular tomonidan voqea joyini koʻzdan kechirish harakatida ishtirok etgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda "jabrlanganlar obodonlashtirish boʻlimining doimiy maosh olib ishlaydigan ishchilari emas" degan gap ham haqiqatga mos emasligi taʼkidlanmoqda. IIV maʼlumotiga koʻra, ayollarning barchasi Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining buyrugʻiga asosan boshqarmada haq toʻlanadigan jamoat ishi ishchilari boʻlgan.

Haydovchi boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomashina tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyida koʻzdan kechirilgandan soʻng, avtomashina qonuniy tartibda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun olib ketilgan.

Yoʻl-transport hodisasi natijasida vafot etgan shaxslarning oʻlim sabablarini, fuqaro Z.U. va haydovchi A.S.larning tan jarohati va ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza hamda avtomashinani texnik sozligi boʻyicha sud-avtotexnik ekspertizasi va boshqa zaruriy ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Asosiy mavzular