00:21 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Nasiliye v semye

Qozogʻistonda qizni hojatxonada zoʻrlashda gumon qilinuvchi shaxs hibsga olindi

© Flickr /
Hodisalar
Havola olish
100901

Qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan shaxs oilali va uch farzandni voyaga yetkazmoqda.

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Olmaota shahar sudi apellyatsiya hayʼati "Medeu" baland togʻ yaxmalagi hududidagi hojatxonada qizning nomusiga tegishda gumon qilinuvchiga nisbatan ehtiyot chorani oʻzgartirdi.

Sputnik Qozogʻiston xabariga koʻra, mazkur shaxs ilgari tergovoldi harakatlari vaqtida garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Qayd etilishicha, uni hibsga olishga muqaddam bir necha marta sudlangani, xususan, shunga oʻxshash jinoyat sodir etganligi asos boʻlgan.

Gumon qilinuvchi sud zalida qamoqqa olingan. Ayni damda sudgacha boʻlgan surishtiruv ishlar oʻz nihoyasiga yetgan.

Medeu jamoatchilik hojatxonadagi nomusga tegish hodisasi

Mazkur jirkanch jinoyat joriy yilning mart oyida sodir etilgan. "NeMolchi" jamoatchilik fondining rahbari Dina Smailovaning soʻzlariga koʻra, qiz dugonalari bilan janjallashib qoladi va erta tongga yaqin telefon va pulsiz ketib qoladi.

Gumon qilinuvchi qizni uyiga eltib qoʻyishni taklif qiladi. Oʻshanda yoshlar tanishib olishadi, ertasi kuni esa u qizni sayrga taklif qiladi. Qiz hojatxonaga yoʻl olganda yigit uni u yerdan chiqishini poylab turadi. Qiz u yerdan chiqmoqchi boʻlgan uni kuch bilan hojatxonaga xonasiga kirgizadi. Oʻz nafsining quli boʻlgan yigit qizning nomusini poymol qiladi.

Jinoyatchi oilali va uning uchta farzandi bor.

Asosiy mavzular