21:11 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Toshkent yaqinida ikki ayol YTH oqibatida halok boʻldi

© Fotolia / Jan H. Andersen
Hodisalar
Havola olish
871 0 0

Yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida, avariya sodir boʻlgan va bu ikki ayolning oʻlimiga olib kelgan

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Yangiyoʻl tumanida "Kobalt"ning "MAZ-509A" yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

IIV xabariga koʻra, avariya 17 may kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtuvchi Toshkent-Termiz yoʻlining 827 kilometrida sodir boʻlgan.

Surxondaryodan boʻlgan "Kobalt" rusumli avtomashina haydovchisi texnik nosozligi sababli toʻxtab turgan "MAZ-509A" yuk avtomashinasining yarimtirkama bortiga urilib, toʻqnashuv sodir etgan. 

Natijada "Kobalt" avtomashinasi yoʻlovchilari, Surxondaryo viloyatidan boʻlgan ikki ayol voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yoʻlovchilariga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular