O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi

© REUTERS / B. RentsendorjFura s uglem
Fura s uglem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘mir mahsulotlari yuklatilgan avtomashinada 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan parfumeriya mahsulotlari aniqlandi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Farg‘ona viloyati “O‘zbekiston” chegara bojxona postida aniqlangan holat haqida xabar qildi.

Mazkur post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fukaro A.D boshqaruvidagi “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

© Gosudarstvenniy tamojenniy komitetTamojenniki presekli kontrabandu parfumerii
O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Tamojenniki presekli kontrabandu parfumerii

“Faqatgina ko‘mir mahsulotlari borligi ma’lum qilingan avtomashinada 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0