TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qahvaxonada yuz bergan pichoqbozlik oqibatida toʻrt nafar oʻzbekistonlik jarohat oldi.
TIV xabariga koʻra, 19 may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi qahvaxonada ommaviy mushtlashuv yuz bergan, natijada esa Oʻzbekistonning toʻrt nafar fuqarosi pichoqlangan:
- Pahlavon Baxtiyorovich Ziyoyev (1987 yil 15 oktyabrda tugʻilgan);
- Shahriyor Baxtiyorovich Ziyoyev (1986 yil 3 sentyabrda tugʻilgan);
- Anvar Ahrorovich Ziyoyev (1987 yil 7 iyulda tugʻilgan);
- Abduaziz Majidovich Mahmudov (1995 yil 16 iyulda tugʻilgan).
Qayd etilishicha, ikki fuqaro Sankt-Peterburgdagi I.Janelidze nomidagi ilmiy-tadqiqot institutidagi kasalxonaga yotqizilgan va jarrohlik boʻlimida qolmoqda.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan holat boʻyicha Rossiya Federatsiyasi JKning 111-moddasi (qasddan ogʻir jarohat yetkazish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
“Bosh konsulxona Sankt-Peterburg shahrining tegishli organlari bilan aloqa oʻrnatgan hamda mazkur vaziyatni oʻz nazorati olgan”, - deyiladi xabarda.