Bekobodda ayanchli hodisa: yong‘in oqibatida uch kishi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPojar na progulochnom teploxode v Moskve
Pojar na progulochnom teploxode v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in o‘chirilgandan so‘ng fuqaro va uning rafiqasining qisman kuygan va tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan. Ularning 2 yoshli farzandiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yong‘in oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.

Pojar v jilom dome v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ikki qo‘shni xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, 28-may kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani YoXB dispetcherlik xizmatiga Bobur fermerlar uyushmasi, Ma’rifat ko‘chasi 2-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘indan uyning 90 kv.metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni xonadonlarga alanganing o‘tib ketishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida uyning 100 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

“Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi 1986 y.t. fuqaro F.A, uning 1989 y.t. rafiqasi M.A.ning qisman kuygan va tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan. Ularning 2017 y.t. o‘g‘li Z.M. qisman kuygan va tutundan dimiqqan holda qutqarilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida xonadonning chiqish yo‘lagi ochiq alanga bilan qoplanganligi va derazalariga temir panjaralar o‘rnatilganligi sababli uy egalari yong‘in hududidan chiqa olmaganliklari ma’lum bo‘lgan.

Yong‘inning taxminiy sababi elektr tizimida yuzaga kelgan avariya natijasida deb gumon qilinmoqda.

Hozirda yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0