Istanbulda gilamga o‘ralgan ayolning jasadi o‘zbek pasportlari bilan topildi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbul shahrining Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgan. Shuningdek, voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan qora ayollar sumkasi topilgan.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Istanbulda gilamga o‘ralgan ayolning jasadi o‘zbek pasportlari bilan topilgan.

TIV xabariga ko‘ra, 2019-yilning 30-may kuni Istanbul shahrining Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayolning shaxsini aniqlab bo‘lmagan.

“Voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan qora ayollar sumkasi topilgan”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borayotgan jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari bilan aloqalar o‘rnatgan va ularni o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik o‘rnatishiga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0