21:50 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Hodisalar
Havola olish
116 0 0

Qaragʻanda shahrida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi yoppasiga maishiy gazdan zaharlandi.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi konsuli Dilshod Hakimov maishiy gazdan zaharlangan oʻzbekistonliklar ahvolidan xabar oldi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar berdi.

Hozirda tibbiyot muassasida 16 ta jabrlanganlardan 12 tasiga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Toʻrt nafar fuqaroga sogʻligʻining barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Shifokorlarning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston fuqarolari hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Konsul jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashganini tasdiqladi. Hozirda ular oʻzlarini ancha yaxshi his qilishmoqda. Ularga kerakli tibbiy yordam koʻrsatilmoqda

Shuningdek, konsul Qaragʻanda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilayotganini taʼkidladi.

Avvalroq Qaragʻanda shahrida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgani xabar qilingan edi. Dastlabki taxminlariga koʻra, mazkur hodisa Oʻzbekiston fuqarolari taʼmirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir boʻlgan.

Asosiy mavzular