Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi: 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdaves gotovit shaurmu
Prodaves gotovit shaurmu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etildi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-iyun kuni Toshkent shahrida qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

V Tashkente zamecheni novie avtomobili Chevrolet Traverse i Trailblazer - foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi Chevrolet Traverse va Trailblazer avtomobillari paydo bo‘ldi – foto

Joriy yil 4-iyun kuni soat 17:00dan 6-iyun soat 12:00ga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda.

Shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Dori-darmon zaxiralari yetarli darajada.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7-b uyda joylashgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’mol qilganliklari bilan bog‘lashmoqda.

“GRAND AZIA PLUS” MChJga qarashli “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchasida qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Republikasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili nomiga Toshkent shahar DSENM tomonidan 2019-yil 6-iyundagi 07-11/4388-sonli ma’lumotnoma ko‘rib chiqish va xulosa olish uchun berildi.

Yangiliklar lentasi
0