Bojxona xodimlari qariyb 500 gramm zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishYuvelirnie ukrasheniya
Yuvelirnie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki nafar fuqaro O‘zbekistonga yashirincha og‘irligi qariyb 500 gramm, qiymati esa 11,7 mln so‘mlik zargarlik buyumlari yashirincha olib o‘tishga uringanligi aniqlangan.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi.

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.D. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Jenskoe ukrashenie, prednaznachennoe dlya perenoski i nosheniya lyubovnix poslaniy, bilo izyato pri dosmotre  - Sputnik O‘zbekiston
Sevgi maktubi: o‘zbekistonlik ayol 19-asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga urindi

Natijada ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan og‘irligi 244 gramm bo‘lgan, oq rangli qimmatbaho metalldan yasalgan, qiymati 7 320 000 so‘mlik 5 turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringanligi aniqlangan.

Shuningdek, yana bir holatda “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazgan.

Natijada mazkur fuqaro shimining orqa cho‘ntagida va kuylagining cho‘ntagida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 4 400 000 so‘mlik 176 gramm oq va sariq rangli qimmatbaho metalldan yasalgan turli xil zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0