16:31 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Avtomobili politsii na odnoy iz ulits v Moskve

Moskvada politsiya xodimi oʻzbekistonlikni otib oʻldirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
78201

Moskva shahrida politsiya xodimi qochib ketishga uringan oʻzbekistonlikni otib oʻldirdi.

TOSHKENT, 7 iyun - Sputnik. Moskva shahrida politsiya xodimi qochib ketishga uringan oʻzbekistonlikni otib oʻldirdi.

Rossiyaning Moskva boʻyicha IIV BB matbuot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, erkak Oʻzbekistonda qidiruvga berilgan va mast holatda boʻlgan.

“7 iyun kuni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspektsiyasi (GIBDD) xodimlari yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun ichida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan  “Foltsvagen” rusumli avtomobilni toʻxtatishgan. Erkakda mastlik alomatlari boʻlgan. Shuningdek, uning shaxsini tasdiqlovchi biror hujjati boʻlmagan. Shundan soʻng u Koptevo IIB politsiya boʻlimiga olib kelingan”, - deya maʼlum qildi Sputnik᾽ka matbuot xizmati xodimi.

Uning soʻzlariga koʻra, soʻroq vaqtida oʻzbekistonlik derazadan qochib chiqib ketishga uringan.

“Politsiya xodimi uning ortidan quvib ketgan. Qoidabuzar qarshilik koʻrsatib, politsiya xodimining qurolini egallab olishga uringan. Xodim RF qonunchiligida oʻrnatilgan tartib doirasida qurol qoʻllashga majbur boʻlgan”, - deya qoʻshimcha qilishdi vazirlikda.

Erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular