22:42 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Eksponat iz kollektsii Goxrana Rossii

“Nikolay” oltin tangalarini chegaradan olib oʻtishga uringan kishi qoʻlga tushdi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Hodisalar
Havola olish
255 0 0

Toshkent viloyatida bojxona posti orqali “Nikolay” tangalarini olib oʻtishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi.

TOSHKENT, 7 iyun – Sputnik. Toshkent viloyatida “Gʻishtkoʻprik”  bojxona posti orqali “Nikolay” tangalarini olib oʻtishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi.

Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga yoʻl olgan fuqaro M.M.ning qoʻl yuki belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi.

Shundan soʻng, ushbu qoʻl sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ochib koʻzdan kechirildi.

Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, qiymati 6 400 000 soʻmlik, vazni 16 grammni tashkil qilgan 2 dona 1898 yilda, 1 dona 1899 yilda va 1 dona 1900 yilda ishlab chiqarilgan “B.M.Nikolay” yozuvli tilla tangalar borligi aniqlandi.

Bundan tashqari ushbu postda yana bir holat aniqlandi. Qozogʻistondan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.YO.ning harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng, ushbu fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, ogʻirligi 172 gramm boʻlgan, sariq metaldan yasalgan, qiymati 51 600 000 soʻmlik, 3 turdagi zargarlik buyumlari borligi maʼlum boʻldi.

Asosiy mavzular