“Oqtepa lavash”da ovqatdan zaharlanganlar soni 41 nafarga yetdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdaves. Arxivnoe foto
Prodaves. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetdi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha,  7 iyun soat 14:00 ga qadar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 29 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8 nafar, shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Ok-Tepa lavash - Sputnik O‘zbekiston
“Oq-tepa lavash” Sergelidagi zaharlanishga izoh berdi

Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi”, “O‘tkir ichak kasalligi” va “O‘tkir diareya” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, ayni damda  shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Mazkur shifoxonalar va uning bo‘limlari zarur dori-darmonlar, infuzion eritmalar, bir marotaba ishlatiladigan shpris va sistemalar bilan yetarli miqdorda ta’minlangan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasiga ko‘ra, bemorlarning 16 nafari o‘z kasalliklarini Mirobod tumani “Qo‘yliq-5” massivida joylashgan, 19 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida, 3 nafari Uchtepa tumanida, 1 nafari Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozori hududida, 1 nafari Olmazor tumanida joylashgan “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni va yana bir nafar fuqaro buyurtma asosida keltirilgan mahsulotni o‘z xonadonida iste’mol qilganliklari bilan bog‘lashmoqda.

Starshiy nauchniy sotrudnik Federalnogo issledovatelskogo sentra pitaniya, biotexnologii i bezopasnosti Natalya Denisova  - Sputnik O‘zbekiston
Nima sababdan uy sharoitida tayyorlangan tuzlamalar o‘limga olib kelishi mumkin: ekspert fikri

Hozirda shifoxonada davolanayotgan bemorlarning ahvoli qoniqarli, og‘ir bemorlarning yo‘qligi sabab bugun kunning ikkinchi yarmida ularning bir guruhiga uylariga ketish uchun ruxsat beriladi va bemorlar o‘zlari ro‘yxatda turgan hududdagi oilaviy poliklinikalar nazoratiga olinib, patronaj xizmati bilan qamrab olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlangani, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘irligi xabar qilingan edi. “Oq-tepa lavash” kompaniyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga olishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0