07:54 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Devochka stoit spinoy. Arxivnoye foto

Podmoskovyeda 11 yoshli oʻquvchi qizni zoʻrlagan shaxs qoʻlga olindi

Sputnik / Joomart Uraimov
Hodisalar
Havola olish
1154 0 0

Qizcha 46 yoshli oʻzbekistonlik erkak tomonidan bir necha marta zoʻrlangani aytilmoqda. Qizni koʻrikdan oʻtkazgan shifokorlar uning 21-22 haftalik homilasi borligini aniqlashgan.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Moskva viloyatining Litkarino shahrida 11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan erkak hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinuvchi 46 yoshli erkak hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Tergov maʼlumotlariga qaraganda, 2018 yil iyun oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar bir necha marta yosh qizchaning nomusiga tekkan. Qayd etilishicha, qizcha uning qizining dugonasi boʻlgan.

Qizni koʻrikdan oʻtkazgan shifokorlar uning 21-22 haftalik homilasi borligini aniqlashgan.

“KP” nashrining huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib yozishicha, gumon qilinuvchi shaxs sifatida Oʻzbekiston fuqarosi hibsga olingan.

Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular