13:40 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mashina posle DTP. Illyustrativnoye foto

Toshkentdagi mudhish YTH 22 yoshli qiz va 38 yoshli erkakning umriga zomin boʻldi

© CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
887 0 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTH yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtgan piyoda tufayli sodir boʻlgan.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Kecha Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yoʻlida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Xabarda qayd etilishicha, 22 yoshli qiz yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtgan.

“Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgan, shundan soʻng boshqaruvni yoʻqotib, “Kobalt” rusumli avtomobil bilan toʻqnashib ketgan. “Lasetti” urib yuborgan piyoda Shacman yuk mashinasi tagiga kirib ketgan.

“YTH oqibatida piyoda G.I. va “Lasetti” avtomobilining 38 yoshli yoʻlovchisi O.M. voqea joyida halok boʻlgan”, - deyiladi xabarda Toshkent shahar IIBB xabarida.

“Kobalt” avtomobilining yoʻlovchisi olgan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizilgan. “Lasetti” avtomobili haydovchisiga ambulator sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilgan va shifoxonadan ruxsat berilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTH yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtgan piyoda tufayli sodir boʻlgan.

Tergov davomida "Lacetti" haydovchisining aybdorlik darajasi aniqlanadi.

Asosiy mavzular