12:43 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Bosh prokuratura: Toshkentdagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

oqtepalavash.uz
Hodisalar
Havola olish
347 0 0

Toshkentda jami 49 nafar fuqarolar zaharlandi. “Grand Azia Plus” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston JKning 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Toshkentdagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, ommaviy zaharlanish yuzasidan Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqarolar “ovqatdan toksikoinfektsiya” tashxisi bilan Oʻzbekiston Respublikasi SSV EMYUKITI, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy koʻchasi, Sergeli tumani, Yangi Qoʻyliq koʻchasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli koʻchasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MCHJ) umumovqatlanish tarmogʻining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pitstsa”) isteʼmol qilganliklari aniqlangan.

Biroz ilgari Toshkentdagi barcha “Oqtepa Lavash” restoranlari yopilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular