Kalugada tovlamachi qiz ikki o‘zbekistonlikni aldadi

© Sputnik / Aleksey SuxorukovKarta "Master Card"
Karta Master Card - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 21 yoshli tovlamachi qiz ikki O‘zbekiston fuqarosini aldab pulini o‘g‘irlab ketdi.

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi tovlamachilik qurboniga aylandi deb xabar qilmoqda Kaluga viloyati IIB matbuot xizmati.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik tergovchi turkiyalik investorni 47 ming dollarga chuv tushirdi

Jinoyatchi telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, mehnat migrantlariga arzon kredit taklif qilgan. Guyoki buning uchun ular o‘z bank kartalariga qo‘shimcha xizmatlarni ulashi kerak bo‘lgan. Ushbuni ro‘kach qilgan holda tovlamachi ularning pasport raqamlari va bank rekvizitlarini bilib olgan.

Shundan so‘ng jinoyatchi ularning hisob raqamidagi mablag‘larni o‘z hisobiga o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan tovlamachi ikki nafar fuqarodan jami 17 ming rubl o‘g‘irlagan.

Huquqni saqlash organlari tovlamachining shaxsini aniqlab uni hibsga olgan. U Rostov viloyatida yashaydigan 21 yoshli qiz bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan 2ta jinoyat ishi ochilgan. Ayni damda tergov  davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0