01:01 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

DYOXX Margʻilondagi yongʻin haqida batafsil maʼlumot berdi

© GUPB MCHS Respubliki Uzbekistan
Hodisalar
Havola olish
526 0 0

Yongʻin xavfsizligi xizmati  - Margʻilondagi bozordagi yongʻinda hech kim qurbon boʻlgani yoʻq, bozorning katta qismi saqlab qolindi.

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati  oʻtgan tunda Margʻilondagi bozorda sodir boʻlgan yongʻin haqida rasmiy maʼlumot berdi.

“Yongʻin oqibatida savdo kompleksi binosining taxminan 1575 kv.m maydonidagi qurilish konstruktsiyalari va tadbirkorlarga tegishli boʻlgan savdo rastalar, tez yonuvchi materiallaridan qurilgan savdo doʻkonlar va ular ichida saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq”, - deyilgan YOXB xabarida.

Margʻilon shahar YOXB dispetcherlik xizmatiga Xiyobon koʻchasi 174-uyda joylashgan “Margʻilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” da yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar tungi soat 02:05da kelib tushgan.

Ushbu xabar asosida dastlabki boʻlinmalar soat 02-10 da voqea joyiga yetib borganida savdo kompleksining keng maydonda qurilish konstruktsiyalari va savdo doʻkonlarining tom qismidan quyuq tutun alarash alanga chiqib yonayotganligi maʼlum boʻlgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 04-20 da qurshab olinib, 05-40 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻinga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yongʻin oʻchirish avtomobillari jalb etilgan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo kompleksining 8.865 kv.m maydoni saqlab qolinishiga erishilgan. Yongʻinni kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Stali izvestnы podrobnosti pojara na rыnke v Margilane

 

Asosiy mavzular