13:52 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Rossыp ogranennыx almazov

"Alrosa" kompaniyasi xodimi 500 ta olmos oʻgʻirladi

© Sputnik / Yuriy Somov
Hodisalar
Havola olish
437 0 0

Rossiyada 500ta olmos va 11ta brilliant oʻgʻirlagan ayol qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari “Alrosa” kompaniyasidan yuzlab olmos va brilliantlarni oʻgʻirlagan bandani qoʻlgan oldi, RT xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga qaraganda “Alrosa” kompaniyasi xodimi Yelena Kanunnikova, ushbu qimmatbaho toshlarni kompaniya binosidan olib chiqib ketish vaqtida qoʻlga olingan.

Jinoiy guruhga uch kishi aʼzo boʻlgan. Uning sheriklari - Vladimir Tabidze va Vladimir Gordinskiylar  esa olmoslarni sotish bilan shugʻullangan.

Qoʻlga olingan fuqarolar yonidan narxi 22 million rubl boʻlgan olmoslar topilgan. Jinoyatchilarning uyidan esa 500 dan ortiq ishlov berilmagan olmoslar, 11 ta brilliant topilgan. Undan tashqari 2 million dollardan ortiq naqd pul borligi aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, "Alrosa" — Rossiyaning eng yirik qimmatbaho toshlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. Alrosa dunyodagi barcha olmoslarning 26 %ni qazib oladi.

Asosiy mavzular