00:57 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoye foto

Yana bir oʻzbekistonlik ayol rashkchi eri tomonidan doʻpposlanib, shifoxonaga tushdi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
317 0 0

Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro rafiqasini yuziga qoʻllari bilan urib, jarohat yetkazgan.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Surxondaryo viloyatida ayol eri tomonidan kaltaklandi.

IIVning xabar qilishicha,  Oltinsoy tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro uyida rashk oqibatida 33 yoshli rafiqasini yuziga qoʻllari bilan urib, jarohat yetkazgan.

“Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. R.J. qoʻlga olingan”, - deyilada xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

“Hech kim xabar olgani kelmadi”: bulungʻurlik kelinchakning kaltaklanish tafsilotlari – video

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida yashovchi Zuhra Umarova kelinligining oʻninchi kunida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanishi Oʻzbekistonda katta shov-shuvga sabab boʻlgandi. Kelinchakni hatto tuqqan onasi tanimagan.

Asosiy mavzular