Chexiyada o‘zbekistonlik temir plitaning qulashi oqibatida vafot etdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVid na sentr Pragi. Chexiya
Vid na sentr Pragi. Chexiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhuning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Chexiyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi.

TIV mamlakatning Berlin shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 8-iyun kuni qurilish maydonida baxtsiz hodisa (temir plitaning qulashi) oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 20.05.1964-yilda tug‘ilgan Urajbekov Alijon vafot etgan.

Vid na ulitsu Gran Via i zdanie Edifisio Metropolis v Madride - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Portugaliyada pichoqlanishdan vafot etdi

Qayd etilishicha, konsullik-huquqiy masalalarini joyida hal qilish uchun Chexiyaga borgan elchixona xodimiga mazkur fakt politsiya tomonidan tasdiqlangan.

Tergov ishlari bilan Chexiya kriminal politsiyasi shug‘ullanmoqda.

Ayni paytda Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhuning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyatida qurilayotgan obyektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0