21:24 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Amakisini koʻprikdan itarib yuborib, umriga zomin boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko
Hodisalar
Havola olish
424 0 0

Fuqaro “Kollektor” kanali ustiga oʻrnatilgan koʻprik ustida oʻzaro janjal oqibatida 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaro amakisining umriga zomin boʻldi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha,  Quyichirchiq tumanida 41 yoshli fuqaro Beshkek mahallasi Qorasuv koʻchasi hududidan oqib oʻtuvchi “Kollektor” kanali ustiga oʻrnatilgan koʻprik ustida oʻzaro janjal oqibatida 61 yoshli amakisini itarib yuborgan.

Amakisi koʻprik ustidan pastga yiqilib tushib, jarohat olgan.

“Natijada A.K. kasalxonaga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 9  iyun kuni shu yerda vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Xabarda jinoyatsi qoʻlga olingani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qoʻygani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular