23:51 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Hodisalar
Havola olish
248 0 0

Konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain moddasi ham borligi aniqlandi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteynerni bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi. Koʻrik natijasida konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain ham borligi aniqlandi.

“Noqonuniy muomaladan 2,5 million narkotik dozaga moʻljallangan, ularning umumiy qiymati 4,5 milliard rubl tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Konteyner ochilganda baliq konsersalar orasida narkotik solingan qoplar topildi. Kimyoviy tadqiqot natijalariga koʻra, bu kokain moddasi ekanligini koʻrsatdi.

Hozirgi vaqtda bojxona va politsiya xodimlari kontrabanda sxemasida kim ishtirok etganini aniqlashmoqda.

Asosiy mavzular