13:51 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Svecha, gvozdiki

Oʻzbekiston yana bir dargʻasidan ayrildi

Sputnik
Hodisalar
Havola olish
215010

Taniqli kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Yoʻldosheva vafot etdi, deb xabar qildi oʻzbek OAVlari.

Gulbahor Yoʻldosheva - taniqli kino va teatr aktrisasi. Bir qator seriallarda suratga tushib, muxlislar olqishiga sazovor boʻlgan.

"Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, oʻzbek Medeyasi, oʻziga xos, betakror isteʼdod sohibasi Gulbahor Yoʻldosheva olamdan oʻtdi. Gulbahor Yoʻldosheva ayni kunlarda kinorejissyor ham aktyor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan «Qoʻqon shamoli» badiiy filmida band edilar", — deb yozgan jurnalist Shohira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Qalampir" nashri aktrisa bugun Toshkent shahrida dafn etilishini xabar qilgan.

Asosiy mavzular