Istanbuldagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Viktoriya ViatrisKareta skoroy pomoshi
Kareta skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh konsulxona tomonidan vafot etgan fuqaroning qarindoshlariga jasadni O‘zbekistonga olib borib dafn qilishlari uchun tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Istanbulda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida ikki O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

TIVning O‘zbekiston bosh konsulxonasi ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, 2019-yil 11-iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1987-yilda tug‘ilgan Muhayyo Sherdanova halok bo‘lgan.

Ushbu hodisada marhumaning 1976-yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdonova jabrlangan va hozirda “Qonuniy Sulton Sulaymon” shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Vid na sentr Pragi. Chexiya - Sputnik O‘zbekiston
Chexiyada o‘zbekistonlik temir plitaning qulashi oqibatida vafot etdi

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan

Bundan tashqari, mamlakat Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra.  2019 yilning 11-iyun kuni “Haydarpasa Numune Hastanesi” tibbiyot muassasasida 1994-yil 15-avgustda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Rajabboyev Ozod Ravshanovich vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, u avvalroq Istanbul shahrining Uskudar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.

Bosh konsulxona tomonidan vafot etgan fuqaroning qarindoshlariga jasadni O‘zbekistonga olib borib dafn qilishlari uchun tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga mazkur YTH bo‘yicha tergovning borishi nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0