00:11 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Jizzaxdagi qandolat fabrikasida yongʻin sodir boʻldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Hodisalar
Havola olish
133 0 0

Oqibatda fabrika binosining 400 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar koʻrgan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Jizzaxda R.Axmurodov koʻchasidagi “Hamid Olimjon” mahallasida joylashgan “Bonu shirinliklari” kompaniyasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasida yongʻin sodir boʻldi.

Xabarda aytilishicha, hodisa 12 iyun kuni soat taxminan 20:45 larda sodir boʻlgan.

Oqibatda fabrika binosining 400 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar koʻrgan. Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan. Jarohat olganlar yoʻq.

Surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular