21:46 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

YTH: Rossiya va Oʻzbekistondan yetti nafar turist Turkiyada jabrlandi

Sputnik / Pavel Lvov
Hodisalar
Havola olish
269 0 0

Turistlar avtobusi qarama-qarshi kelayotgan avtomobil bilan toʻqnashgan

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Turkiyaning Antalya provintsiyasida yetti nafar turist yoʻl-transport hodisasi oqibatida jabrlandi, deb xabar berdi Turkiyaning Habertürk telekanali.

Xabarda aytilishicha, avariyada Oʻzbekiston va Rossiya fuqarolari jabrlangan.

Dam olishga kelgan turistlarga xizmat koʻrsatayotgan avtobus qarama-qarshi kelayotgan mashinaga toʻqnashgan.

Avariyada jami 11 kishi jabrlangan, ularning 7 nafari - Oʻzbekiston va Rossiyadan.

Jabrlanganlarning barchasi kasalxona va gospitallarga olib borilgan. Ularning bir qismi ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular