12:42 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mashinы skoroy pomoщi vozle mesta terakta v Stambule

Istanbulda jasadi gilamga oʻralgan holda topilgan ayolning shaxsi aniqlandi

AFP / YASIN AKGUL
Hodisalar
Havola olish
886 0 0

Istanbul shahrida gilamga oʻralgan ayolning jasadi oʻzbek pasportlari bilan topilgan edi. U Oʻzbekiston fuqarosi boʻlib chiqdi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston TIV Istanbulda jasadi gilamga oʻralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlanganini maʼlum qildi.

Mamlakatning Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda olib borilgan tekshiruvlardan soʻng 2019 yil 30 may kuni Istanbul shahrida (Turkiya) jasadi gilamga oʻralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlandi.

“Marhuma 1992-yil 31-dekabrda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi O.N. boʻlib chiqdi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etayotgani taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning  Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekiston fuqarosining jasadi topilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular