14:14 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
157 0 0

Fuqaro uch kishini Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilib, “xizmati” evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga tushdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, oʻtgan yilning mart oyida 52 yoshli samarqandlik Mirravshan X. tanishi boʻlgan 49 yoshli fargʻonalik Husniddin S.ga oʻgʻli va ikki nafar jiyanlarini Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan.

Oʻz “xizmatlari” evaziga jabrlanuvchidan 1500 dollarni sanab olgan. Ammo firibgar oʻz vaʼdasida turmasdan pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Avvalroq Toshkentda 1,08 milliard soʻmni oʻzlashtirib yuborgan tadbirkor qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular