07:37 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Politseyskiy patrul

Moskvada migrantlar ishtirokida sodir boʻlgan ommaviy mushtlashuvda bir kishi halok boʻldi

Sputnik / Maksim Blinov
Hodisalar
Havola olish
773 0 0

Ommaviy mushtlashuvda bir kishi oʻldirildi, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Moskva shahrida “Elektrozavodskaya” stantsiya metrosi yaqinida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. Bu haqda “MK” nashri xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, pichoqbozlik oqibatida Oʻrta Osiyo millatiga mansub migrant halok boʻlgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xabar qilishicha, migrantlar mast holatda oʻzaro janjallashishgan.

Mushtlashuvda 4 kishi ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Ulardan uch nafari turli jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, yana biri esa olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Tergovchilar hodisa joyini koʻzdan kechirib, janjalning barcha ishtirokchilarini aniqlashmoqda.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular