20:58 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Mashina skoroy pomoщi

Toshkentda “Kobalt” haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
320 0 0

Haydovchining oʻzi jabrlanuvchini shifoxonaga olib borgan.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda “Kobalt” haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra,  Mirzo-Ulugʻbek tumani Yuzrabot koʻchasida Xorazm viloyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanib borayotgan fuqaro piyodani urib yuborgan.

“Jabrlanuvchi – 18 yoshli A.X. haydovchining oʻzi tomonidan tibbiyot muassasasiga olib borilib, u yerda unga zarur yordam koʻrsatildi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tan shikastlari ogʻirligi va YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Asosiy mavzular