23:55 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoye foto

Bosh prokuratura Gulistonda rashk tufayli sodir etilgan qotillik tafsilotlarini ochiqladi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Hodisalar
Havola olish
691 0 0

26 yoshli qotil tanishining uxlab yotganligidan foydalangan. U oʻzi bilan olib kelgan ip boʻlagi bilan uning boʻynidan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan.

TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. Bosh prokuratura Gulistonda rashk tufayli sodir etilgan qotillik tafsilotlarini ochiqladi.

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro A.I. (1993 y.t.) 15 iyun kuni ilgaridan oʻziga tanish boʻlgan Oʻ.A.ni rashk  qilgan. Oqibatda qizning uxlab yotganligidan foydalanib, oʻzi bilan olib kelgan ip boʻlagi bilan uning boʻynidan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan. Soʻngra boʻynida boʻlgan tilla zanjir, 1 juft tilla zirak, plastik kartochkasi va Samsung Galaxy rusumli uyali telefonini qoʻlga kiritgan.

“Jinoyatning gumon qilinuvchi A.I. tomonidan sodir etilganligi uning iqrorlik arizasi, koʻrsatuvlarini hodisa joyida tekshirish tergov harakatlari, marhumaga tegishli boʻlgan daliliy ashyolar: plastik kartochkasi, hodisa joyidan olib ketilgan tilla buyumlar, Samsung Galaxy rusumli uyali telefoni, barmoq izlari, guvohlarning koʻrsatuvlari va boshqa dalillar majmui bilan tasdiqlanmoqda”, - deyiladi prokuratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat qoʻzgʻatildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval 18 iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli Oʻ.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgani va qotil qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular