22:58 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Voditel avtomobilya

Bishkekda AQSH elchixonasi xodimasi mashinada talabani urib yubordi

CC0 / Pixabay
Hodisalar
Havola olish
195 0 0

Bishkekda AQSH elchixonasi xodimasi mashinada talabani urib yubordi va voqea joyidan ketib qoldi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Bishkek markaziy koʻchalardan birida AQSH elchixonasi xodimasi mashinada 4-chi kurs talabasini urib yubordi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bu hodisa 18 iyun kuni sodir boʻldi. Mashina AQSH fuqarosi boshqaruvida boʻlgan. Bu voqeaga guvoh boʻlgan qizning soʻzlariga koʻra, YTH sodir boʻlgandan keyin voqea joyidan ketib qolgan. Guvohlardan bir esa uning ortidan quvib yetib borgan.

“Bu ayol tranzit mashinada boʻlgani va unda daxlsizligi borligini iddao qilib, mashinadan chiqishga bosh tortadi. Olti-yetti daqiqadan soʻng AQSH harbiy formasida odamlar paydo boʻldi”, - deydi guvoh.

Bishkek yoʻl harakatini xavfsizligini taʼminlash boshqarmasida bu hodisani tasdiqlashdi. Taʼkidlanishicha, YTH 18 iyun taxminan soat 17:30 da Chingiz Aytmatov shoh koʻchasida sodir boʻldi. Lexus RX350 avtomobili boshqaruvida 51 yoshli M.K. boʻlgan. “Manas” kinoteatr qarshisida oʻtgan piyodalar yoʻlagida 22 yoshli M.B.ni urib yubordi. Jabrlangan shifoxonaga olib kelindi.  

Bu hodisa roʻyxatga olinib, barcha hujjatlar poytaxt IIBB yuborilgan.   

AQSH elchixonasida bu hodisada haqiqatda elchixona xodimasi ishtirok etgani Sputnik Qirgʻiziston muxbiriga tasdiqlashdi.

Taʼkidlanishicha, YTHdan soʻng diplomat mashinani yoʻl chetida toʻxtatgani va voqea joyida hukumat vakillariga hamkorlik koʻrsatgan.

Hozirgi vaqtda elchixona vakillari jabrgan yigitga har tomonlama yordam berishga harakat qilmoqda.

Asosiy mavzular