22:20 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Aris shahrida portlashlar oqibatida bir kishi halok boʻldi

© Skrinshot iz video
Hodisalar
Havola olish
612 0 0

Turkiston viloyati hokimi Aris shahrida portlashlar oqibatida halok boʻlgan va jabrlangan kishilar haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Qozogʻistonning Aris shahrida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat hokimi Umirzoq Shukeyev maʼlum qildi.

“Jabrlanganlar bor, 31 kishi shifoxonaga joʻnatilgan. Ikki kishi ogʻir ahvolda. Bir kishi halok boʻldi. Uning mashinasiga oʻq tushdi”, - dedi Shukeyev.

Bugun ertalab taxminan soat 09:20 da Qozogʻistonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yongʻin yuz berdi, keyinchalik oʻq-dorilar portlashi sodir boʻldi.

Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Arisi shahrida 45 ming kishi yashaydi. Yongʻin sodir boʻlgan joyda 75 nafar oʻt oʻchiruvchilar va 16 ta yongʻin oʻchirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.

Asosiy mavzular