Toshkentda fuqaro metro relsiga yiqilib tushdi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishStansiya metro "Mustakillik Maydoni" (Ploshad Nezavisimosti) v Tashkente
Stansiya metro Mustakillik Maydoni (Ploshad Nezavisimosti) v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, stansiya xodimlari fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatganlar.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyun kuni Toshkentdagi "Beruniy" metro bekatida platformaning chetida turgan 1991-yilda tug‘ilgan Sh.D. temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, stansiya xodimlari fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatganlar. Yiqilgan fuqaro jiddiy jarohat olmagan.

U o‘zini metroga tushgan chog‘ida noxush sezgani va metropoliten xodimlariga hech qanday e’tirozi yo‘qligini ta’kidlagan.

Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.

Yangiliklar lentasi
0