08:50 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vodolazы obsleduyut akvatoriyu Baltiyskogo morya

Qirgʻiz yigitni suv oqimi olib ketdi: fojia homilador rafiqasi tugʻilgan kunida yuz berdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Hodisalar
Havola olish
256 0 0

Qirgʻizistonlik yigit Alamudun daryosiga tushib ketdi – baxtsiz hodisa homilador rafiqasining tugʻilgan kunida sodir boʻldi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Homilador Ayperi Toychinova 26 yoshli turmush oʻrtogʻini qidiruv ishlarida yordam berilishini soʻradi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 29 iyun kuni Alamudun daryosining kuchli oqimi Sulton Bakayevni olib ketdi.

Fojia haqida xabar qutqaruvchilarga shanba kuni soat 13:14 da kelib tushdi. Boshida qidiruv-qutqaruv ishlarida 35 kishi ishtirok etdi, yakshanba kuni ularning soni 100 taga yetdi.

Yigit oʻtin yorayotgan boʻlgan va ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan boʻlishi mumkin.

Toychinova u nega daryo oldiga tushganini bilmaydi, biroq uning turmush oʻrtogʻi oʻtin yorganini rad etadi. Ayol baxtsiz hodisa uning tugʻilgan kunida sodir boʻlganini aytadi.

Ayperi Toychinova ijtimoiy tarmoqda qidiruv ishlarida yordam berilishi haqida post yozdi.

Asosiy mavzular