00:42 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Siluet cheloveka s nojom v ruke

Jizzaxda shifokorni pichoqlagan fuqaro ushlandi

CC0 / pixabay
Hodisalar
Havola olish
189 0 0

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida J.Q. Zafarobod tumani, “Uzun” qishlogʻida ushlanib, oshxona pichogʻi ashyoviy dalil sifatida olingan.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. 2019 yil 29 iyun kuni soat 10-30 larda fuqaro J.Q. (1995 y.t.) Jizzax viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya boʻlimiga kelib, boʻlim mudiri T.H. (1968 y.t.) 26.06.2019 yilda “exinokok” tashxisi bilan operatsiya qilishi natijasida 2005 yilda tugʻilgan ukasi vafot etganligi sababli, qasddan oʻldirish maqsadida oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan T.H.ning koʻkragiga va qorin qismiga bir necha marta pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan vaqtida boʻlim shifokori B.Gʻ. ularni ajratib qolishi natijasida J.Q. jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Bosh prokuratura xabariga asosan.

Shifokorlar tomonidan oʻz vaqtida koʻrsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida T.H.ning hayoti saqlanib qolingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida J.Q. Zafarobod tumani, “Uzun” qishlogʻida ushlanib, oshxona pichogʻi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan oʻsha kunning oʻzida Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

J.Q tegishli protsessual tartibda ushlangan.  

Asosiy mavzular