Sankt-Peterburgda 15 yoshli o‘quvchi o‘zbekistonlikni pichoqlab o‘ldirdi

CC0 / pixabay / Noj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilganini tasdiqlandi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Sankt-Peterburgda janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilganini tasdiqlandi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Leningrad viloyati tergov organlarining rasmiy ma’lumoti asosida 2019-yil 28-iyun kuni Vsevolojsk tumani Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilganini tasdiqladi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Tulada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi yuzasidan izoh berdi

“Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan 29-iyun kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi Sankt-Peterburglik 15-yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenes avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologod viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan. +7-965-029-41-49.

Yangiliklar lentasi
0