12:57 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan “GTA toʻdasi” aʼzosiga yana hukm chiqarildi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Hodisalar
Havola olish
801 0 0

Moskva viloyati sudi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan “GTA toʻdasi” aʼzosi Hazratxon Dodoxonovni hibsdan qochishga urinish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topdi.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Moskva viloyati sudi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan “GTA toʻdasi” aʼzosi tojikistonlik Hazratxon Dodoxonovni yana 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Hazratxon Dodoxonov hibsdan qochishga urinish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining hayotiga suiqasd qilishda aybdor deb topildi.

Sud ilgari tayinlangan jazoni qoʻshib hisoblab, Dodoxonovni yana uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qildi.

2017 yilning 1 avgust kuni Moskva viloyat sudida jinoiy uyushma, “GTA toʻdasi”ning 5 nafar aʼzosi sud binosidan qochishga uringan edi. Ular lift ichida ularni kuzatib kelayotgan soqchilarga (konvoy) hujum qilib, ularning qurolini olib qoʻyib, qochishga urinishgan. Sodir boʻlgan otishma bir nafar politsiyachi yaralangan. Boshqalari turli darajadagi jarohat olishgan. Uch nafar jinoyatchi otishma chogʻida yoʻq qilingan. Keyinchalik jinoyatchilardan biri shifoxonada vafot etgan.

2012 yilning mart oyida Ibaydullo Subhanov Moskva viloyatida jinoiy guruh tashkil qilgan. Ushbu guruhga Oʻrta Osiyoning 15 fuqarosi kirgan. Guruh aʼzolari oʻz boshligʻiga soʻzsiz itoat etgan. 2012 – 2014 yillar davomida Moskva viloyati hududida guruh tomonidan 15 ta bosqinchilik  uyushtirilgan. Bosqinchilik vaqtida 17 kishi oʻldirilgan, 2 kishi esa qochishga muvaffaq boʻlgan. Guruh boshligʻi qoʻlga olish vaqtida qarshilik koʻrsatgan va yoʻq qilingan. Yana besh sobiq guruh aʼzolari Rossiya hududidan qochib ketishga muvaffaq boʻlgan.

“GTA toʻdasi” Moskva viloyatida haydovchilarni vahshiylarcha oʻldirish va tunash bilan shugʻullanib kelgan uyushgan jinoiy guruhi boʻlib, asosan M4 "Don" trassasida qotilliklarni amalga oshirgan. Ular qurbonlarining yoshu qari ekanligiga qaramasdan shafqatsizlarcha oʻldirishgan. Ularning jinoyatlari Grand Theft Auto kompyuter oʻyinidagi singari amalga oshirilgani bois OAV ularni “GTA toʻdasi” deb atagan.

Toʻdaning omon qolgan aʼzolari (Hazratxon Dodoxonov, Anvar Ulugmuradov, Sherozjon Qodirov, Umar Hasanov va Zafardjon Gulyamov) sudning 2018 yil avgust oyidagi hukmi bilan bosqinchilik, noqonuniy qurol tayyorlash, saqlash jinoyatlarini sodir etishda, jumladan, 17 kishini oʻldirganlikda aybdor deb topilgandi. Ularning barchasi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Faqat toʻdasining eng yosh ishtirokchisi Zafarjon Gulyamovga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Asosiy mavzular