02:17 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Andreyevskiy flag

Rossiya chuqur suvosti apparatidagi yongʻin oqibatida 14 nafar dengizchi halok boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Hodisalar
Havola olish
258 0 0

Hodisa Rossiya hududiy suvlarida sodir boʻlgan. Apparat mamlakat harbiy-dengiz floti manfaatlari yoʻlida Tinch okeanining pastki qatlami va qaʼrini oʻrganish bilan shugʻullangan.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Birinchi iyul kuni Rossiya ilmiy-tadqiqot chuqur suvosti apparatida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin oqibatida 14 nafar suvosti dengizchilari halok boʻlgan.

Hodisa  Rossiya hududiy suvlarda sodir boʻlgan. Apparat mamlakat harbiy-dengiz floti manfaatlari yoʻlida Tinch okeanining pastki qatlami va qaʼrini oʻrganish bilan shugʻullangan. Favqulodda holat batimetrik oʻlchovlarni oʻtkazish chogʻida roʻy bergan.

Dengizchilar tutundan zaharlanib, halok boʻlishgan. Xabarda jamoaning fidokorona harakatlari tufayli yongʻinni bartaraf etishga muvaffaq boʻlingani qoʻshimcha qilingan.

Hozirda apparat Severomorsk harbiy dengiz bazasi qolmoqda. Fojia tafsilotlarini aniqlashni Rossiya dengiz kuchlari bosh qoʻmondoni Nikolay Yevmenov oʻz nazoratiga olgan.

Asosiy mavzular