17:50 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Orujiye, arxivnoye foto

Yekaterinburgda qirgʻiz diasporasining sobiq rahbari otib oʻldirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Hodisalar
Havola olish
297 0 0

Ikki nomaʼlum shaxs Karimovga hujum qilgan. Mushtlashuvdan soʻng tadbirkorni otib tashlashgan va hodisa joyidan qochib ketishgan.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Seshanba kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Sverdlov viloyati “Qirgʻiziston-Ural” jamoat tashkilotining sobiq rahbari Qamchibek Karimov oʻldirib ketildi.

Bu haqda RIA Novosti “Dom narodov Urala” milliy-madaniy birlashmalar assotsiatsiyasi xabariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, seshanba kuni ikki nomaʼlum shaxs Karimovga hujum qilgan. Mushtlashuvdan soʻng tadbirkorni otib tashlashgan va hodisa joyidan qochib ketishgan. Mazkur voqea uning uyi oldida sodir boʻlgani aytilmoqda.  

Sverdlov viloyati TQ va viloyat IIV matbuot xizmati RIA Novostiga ushbu qotillik haqidagi xabarlarga izoh berishmagan.

Asosiy mavzular