Toshkent IIBB internetda keng tarqalgan “Qo‘yliq” bozoridagi “samosud”ga izoh berdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim Telegram kanallarda bir necha kishi o‘g‘rilikda gumonlanayotgan shaxslarni “samosud” qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Hozirda “samosud” uyushtirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Toshkent IIBB internetda tarqalgan “Qo‘yliq” bozoridagi “samosud” videosiga izoh berdi.

Avvalroq “Qo‘yliq” bozorida bir necha fuqarolar tomonidan ikki erkakning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Ushbu holat bo‘yicha Bektemir tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, hodisa 2-iyul kuni taxminan soat 16:30larda sodir bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilgan bozor sotuvchilari - 30 yoshli S.Sh. va 31 yoshli A.T. Qashqadaryo viloyatida yashovchi 35 yoshli J.E.ning Cobalt rusumli avtomobilini ikki nafar noma’lum shaxs ochayotganini payqab qolishgan.

Shundan so‘ng S.Sh., A.T. va ushbu bozorning yana bir sotuvchisi Sh.Sh. ushbu hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, jinoyatda qo‘lga tushgan, muqaddam sudlangan Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 40 yoshli S.T. va 39 yoshli A.K.ga hujum qilib, tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu holat yuzasidan S., A. va Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. S.T. va A.K. tomonidan avtomobildan pul o‘g‘irlashga urinish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘irlik”) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0