01:14 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Toshkentdagi yangi qurilayotgan uyda sodir boʻlgan yongʻin sabablari maʼlum qilindi

© Potrebitel.Uz / Facebook
Hodisalar
Havola olish
394 0 0

Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan uy alanga oldi. Yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Bugun soat 06:33da Yakkasaroy tumani, Mirobod koʻchasi 35-uy qarshisida yangi qurilayotgan uyning yertoʻlasida penoplast boʻlaklari 40 kv.m maydonda yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, yongʻin joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan. Yongʻin oʻchirish jangovar boʻlinmalari chaqirilgan manzilga soat 06:37da yetib borgan va koʻrilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yongʻin soat 06:44da bartaraf etilgan.

“Yongʻin sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻlgan,  deb taxmin qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yongʻindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Asosiy mavzular