07:37 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Avtomobili politsii i skoroy meditsinskoy pomoщi

Vladivostokdagi YTH oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
206 0 0

Oʻzbekiston fuqarosi Primore oʻlkasida 2018 yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. 30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi O.R. vafot etdi.

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, u Primore oʻlkasida 2018 yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

Ayni paytda Bosh konsulxona konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda hamda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan fuqaroning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shugʻullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirgan va Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka oʻlkasi, Magadan viloyati, Primore oʻlkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk oʻlkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Asosiy mavzular